Uzb | Rus
Bugun 19 May  2012 y.
  >>Dolzarb mavzu   >>Odam savdosi — jirkanch jinoyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Bosh prokuror R.Qodirov raisligida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Respublika Idoralar­aro komissiyasi, uning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tahliliy ishchi guruhi a’zolari, Bosh prokuratura va tegishli idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Unda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati hududiy idoralararo komissiyalari faoliyatini o‘rganish natijalari xususida Ichki ishlar vazirligi, Prezidentimizning «Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun zaxira ish o‘rinlari yaratish borasidagi faoliyati monitoringi natijalari haqida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hisobotlari tinglandi. 

Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari haqida «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hisobot berdi hamda odam savdosiga qarshi kurashish borasida komissiya faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilgan hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani ta’kidlanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid ostiga olindi.

Odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi barcha mansabdor shaxslar faoliyatiga tanqidiy baho berilib, sohaga doir tadbirlar ijrosini jadallashtirish va takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, odam savdosiga qarshi kurashishda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish alohida ahamiyatga ega ekani inobatga olingan holda, kichik va oilaviy biznesni rivojlantirish, tadbirkorlik sub’­ektlarini himoya qilish hamda yangi ish o‘rinlari ochish masalasiga yig‘ilish ishtirokchilari e’tibori qaratildi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman, shahar hokimliklari bilan birga, kollejlar bitiruvchilarining ishga joylashishini monitoring qilib borishi 2010-2011 o‘quv yilida kollejlarni bitirgan yigit-qizlarni bo‘sh va yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlariga mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishi, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, oilaviy biznesini tashkil etishiga ko‘maklashish uchun aniq chora-tadbirlar qo‘llashi lozimligi alohida uqdirildi.

Shuningdek, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ijtimoiy so‘rovlarni kengaytirishi va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, o‘tkazilayotgan so‘rovlarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilishiga alohida e’tibor qaratishi ko‘rsatib o‘tildi.

Fuqarolarning odam savdosi qurboniga aylanib qolishining oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini jadallashtirish va odam savdosi jabrdiydalariga tibbiy, psixologik, yuridik, ijtimoiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish komissiyaning asosiy maqsadlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, odam savdosiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha

Respublika Idoralararo komissiyasi



Ruknlar

«  Parlament
«  Siyosat
«  Iqtisodiyot
«  Ta’lim
«  Tibbiyot
«  Ma’naviyat
«  Huquq
«  Qonun va sharh
«  Ijtimoiy hayot
«  Ekologiya
«  San’at
«  Sport
«  Dolzarb mavzu

 
 


<< May >>
Y D S Ch P J Sh
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    
<< 2012 >>
 
 

Reklama


 
 

Copyright © 2009 Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi .



Когда конец света? в 2012 году? каталог php скриптов
учебники вебмастеру

Разработка Eskiz.